Saloh: "Qiyin bo‘ldi, ammo g‘alaba qozonganimizdan xursandman."

  • 14 sentabr, 21:37
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" safarda "Byornli"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozondi. O‘yin 0:1 hisobida yakuniga etdi. Bellashuvdagi yagona gol 90+5 daqiqada penaltidan kiritildi.

O‘yin yakunida mersisaydliklar hujumchisi Muhammad Saloh o‘yin haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Bugun raqibimiz juda kuchli edi. Biz to‘pni chiziqlar orasidan o‘tkazish uchun bor kuchimizni sarfladik. Qiyin bo‘ldi, ammo g‘alaba qozonganimizdan xursandman.

Jamoamizda yangi o‘yinchilar bor va ularga bizning o‘yin uslubimizga moslashish uchun vaqt kerak. Ular o‘zlarini ishonchli his qilishlari uchun qo‘limizdan kelganini qilyapmiz. Bugun jamoa o‘zini to‘liq namoyon etdi, - dedi Saloh.

Avvalroq xabar berganimizdek, Muhammad Saloh APL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!