
Saloh Saudiya klubiga o‘tishga rozi bo‘lgandi
Muhammad Saloh "Al-Ittihod"ga o‘tishga yaqin kelgandi.
Xabar qilinishicha, yozgi transfer oynasida Saudiya Arabistoni klubi misrlik 31 yoshli vinger uchun 200 million funt sterlinggacha taklif qilishga tayyor edi.
Arab nashri “Asharq al-Awsat” xabariga ko‘ra, futbolchi o‘z agenti orqali o‘tishga rozi bo‘lganidan so‘ng, “Al-Ittihod” Muhammad bilan shartnoma imzolashga tayyor edi.
Shunday bo‘lsa-da, “Liverpul” xo‘jayinlari, bosh direktor va bosh murabbiy Yurgen Klopp saudiyaliklarning katta moliyaviy taklifiga qaramay, futbolchi klubda qolishini ta’kidladi.
Fikrlar