Samarqandda “Uzbekistan judo tour” musobaqasi tashkil etildi
Samarqand shahrida dzyudo bo‘yicha “Uzbekistan judo tour” musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan musobaqada erkaklar -66 kg, -81 kg va +90 kg, ayollar -63 kg vazn toifasida bahs olib borishdi.
Yakunda Abdurahmon Sa’dullaev (-66 kg), Mirjalol To‘xtaev (-81 kg), Fazliddin Rafiqov (+90 kg) hamda Shukurjon Aminova (-57 kg) o‘z vaznlarida oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar