
Sampaoli yana Janubiy Amerika qit’asida ishlashga yaqin!
Argentina, Chili terma jamoalari va "Sevilya" klubining sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Venesuela terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishga yaqin turipti.
Rafael Dudamelining iste’fosidan keyin, 59 yoshli mutaxassis terma jamoani boshqarishga asosiy davogar bo‘lib turipti.
Venesuela futbol federatsiyasi Xose Pikerman va Sesar Farias nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqda!
Ma’lumot uchun, Sampaolining so‘nggi ish joyi "Santos" klubi bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yili bo‘lib o‘tadigan Amerika Kubogida Venesuela terma jamoasi Braziliya, Qatar, Peru, Kolumbiya va Ekvador termalari bilan bir guruhda ishtirok etadi.
Fikrlar