"Sampdoriya"ni ayab o‘tirmagan "Roma" jiddiy sinovga duch keldi

  • 20 dekabr, 2024, 16:26
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya kubogi nimchorak finali doirasida "Sampdoriya" hamda "Roma" jamoalari o‘zaro bahs olib borgandi. Unda "bo‘rilar" yirik 4:1 hisobida raqibidan ustun kelgan. 

Bilasiz, mazkur bellashuvda legionerimiz Eldor Shomurodov 78-daqiqada maydonga tushib, oradan bir daqiqa o‘tishi bilanoq raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi. 

Chorak final yo‘llanmasini osonlik bilan qo‘lga kiritgan rimliklarga ushbu bosqichda anchagina kuchli bo‘lgan "Milan" raqiblik qiladi. 

Quyida barcha chorak final juftliklari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

"Atalanta" - "Bolonya" 
"Yuventus" - "Empoli" 
"Milan" - "Roma" 
"Inter" - "Latsio" 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!