Sampson Levkovich: "Qudratillo Abduqahhorovning raqibi Shon Porter bo‘lishi mumkin"
Biroz aval ma’lum qilganimizdek, professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov Sampson Levkovichga tegishli “Sampson boxing” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi.
Bu borada bokschimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Sampson Levkovich va “Sampson boxing” bilan shartnoma imzolagnimdan juda ham xursandman. Men Errol Spens bilan IBF kamari uchun jang qilishga 19 oydan buyon majburiy da’vogar hisoblanaman. O‘ylaymanki, “Sampson boxing” va PBC bilan ishlash jarayonida eng zo‘rlari bilan jang qilishni istayman. Bu shartnoma menga o‘zim xohlagan janglarni olishimga imkon beradi”,- deya o‘z mulohazalarini bildirdi Abduqahhorov.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, “Sampson boxing” professional boks olamidagi eng nufuzli promouterlik kompaniyasi PBC bilan hamkorlikda janglar tashkil qiladi.
Shuningdek, hamyurtimizning menejeri Vikram Svapragasam ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Sampson bizga PBC bilan ishlash jarayonida ko‘proq janglar beradi. Uning qo‘l ostida 66 kg vazn toifasidagi chempionlar bor. Sampson Levkovichni anchadan beri bilamiz. U o‘z so‘zini ustidan chiqadigan inson!”,- dedi hamyurtimizning menejeri.
Sampson Levkovichning o‘zi ham ushbu shartnoma va yurtdoshimizga bog‘liq rejalari borasida so‘z yuritdi.
“Abduqahhorovga mart oyida bitta jang tashkil qilamiz va undan so‘ng Errol Spensga qarshi da’vogarlik jangini uyushtirishga harakat qilamiz. Ehtimol, uning dastlabki jangi Shon Porter bilan ham bo‘lishi mumkindir”,- deya takidlab o‘tdi, Levkovich.
Qudratillo Abduqahhorov yangi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi

Fikrlar