Samvel Babayanga nisbatan bosim “Lokomotiv”ning ichki muhiti va natijalarga ham ta’sir qilmoqdami?

  • 6 avgust, 2019, 18:10
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, taniqli sharhlovchi Davron Fayziev “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvida ekspert sifatida fikr bildiradi. Ko‘rsatuvning oxirgi sonida Davron Fayziev “Lokomotiv” klubining oxirgi paytda qayd etayotgan natijalari borasida so‘z yuritdi. Jumladan, Jizzaxdagi mag‘lubiyat haqida.

Tecno

- Superligada ikkinchi davra endi boshlandi. Har qanday superklublar tanaffusdan so‘ng o‘zining yuqori formasiga chiqmagan bo‘ladi. “Lokomotiv”ning mehmonda ochko yo‘qotishini juda katta sensatsiya deb o‘ylamayman. Klubda o‘zgarishlar davra. Yangi murabbiy – Samvel Babayan keldi. U ham o‘z o‘yinini yo‘lga qo‘yib olguncha ma’lum bir vaqt ketadi.

3681555946724

Ko‘pchilikda Babayanga munosabat yaxshi emas. Negativ muhit bor. Bu esa o‘z navbatida jamoaning ichki muhitiga ham ta’sir qilishi mumkin. Shaxsan men shunday deb o‘ylayman. Samvel Babayanning o‘zi ham qiynalmoqda, buni chetdan turib his etish mumkin. Chunki atrofdagi bosim faqat murabbiyga emas, klubga ham ta’sir etmoqda. Babayanning bosimdan qichishi jamoada bilinadi. Mutaxassis buni uddalasa, o‘ylaymanki, “temiryo‘lchilar” ham o‘zlariga kelishadi. Ungacha esa mana bunday syurprizlar uchrab tursa kerak. Ya’ni bu natijani jamoalarning ayni paytdagi tayyorgarlik jarayoni, funksional holatiga bog‘lamagan bo‘lardim. Aynan mana shu tashqi faktorlar: oradagi tanaffus, jamoalardagi o‘zgarishlar va bosim bilan izohlash mumkin, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
06/08/2019 19:04
Бу субутсизда ор бӯганда ӯзбекистонга қайтиб кемасди яна мураббий бӯлиб
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
06/08/2019 18:17
Даврон ака тўғри гапни айтипти
&
Ramzis ll
06/08/2019 21:27
Bu kunidan battar bo'lsin.
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
06/08/2019 18:16
бўлиши мумкин. мухлисларни босими катта
Кахрамонжон Сафаров
07/08/2019 13:07
Баба...янга барибир Покомотив уни боткокдан кандай сугириб олган булса у шундай килиб Локомотивни гарк килиб кейин бошка командага харакат килади.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
06/08/2019 19:04
undan emas. shunchaki lokani raqiblari kuchaydi keyin. lokani sastavi ham unchalik kuchli emas. tugri kuchli uyinchila bor lekin bir tekis emas. loka eng kuchli chuqqiga chiqqan faqt eslasalariz Nasaf yutardi. uyinchila bir beri bilan maydonga til topishi qiyin bulapti. Babayan bilan ham uyinchila balkim til topishi qiyin bulib yotkander. Lekin loka Navbahordan olgan uyinchi kuchli. loka urta chiziqdaki uyinchila bush uynayapti.