
Samvel Babayanning litsenziyasi olib qo‘yildi, jurnalist jabrdiyda. Lekin asl aybdorchi?
Superliga 18-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” uchrashuvidan keyingi jarayonlar hali ham davom etmoqda. Jizzaxdagi mojaro kattalashib ketdi va shu bilan birga nazarimizda asl aybdor chetga chiqib qolgandek.
Hammasi nimadan boshlandi. Matbuot anjumani xonasi stadion ichida emasligi bois, tashqariga chiqib, yon tomondagi xonaga kirishda muxlis va Samvel Babayanning to‘qnashuvi bilan boshlandi. Odatda boshqa stadionlarda matbuot anjumanlari xonasiga arenaning ichidan kiriladi.
Shu payt bir muxlis Babayanga o‘z “dil izhorlari”ni bildirdi. Orada murabbiyning onasidan kelib so‘kingan holat ham bo‘ldi. Keyin bu mutaxassisni quyish qonidan chiqardi. Milliy gvardiya xodimlari tezda o‘sha muxlisni olib ketdi. Bu pallada Samvel Babayanning ko‘zi matbuot anjumani xonasida chiqib kelgan jurnalistga tushdi. Jurnalist qo‘lidagi telefonda voqeani yozib olayotgandi. U jurnalist ekanligi bois har bir voqea e’tibordan chetda qolishini istamagan bo‘lishi mumkin. Beyjigi bor jurnalistning bunga haqli.
Lekin masalaning yana bir tomoni ham bor. Murabbiyning yaqinlarini so‘kish. Agar uning faoliyatini tanqid qilib, murabbiyning o‘zini so‘kilganda Babayan bu holatga bunday reaktsiya bildirmagan bo‘lardi. Shuning uchun jahl ustida jurnalistning telefoniga yozilgan videoni o‘chirib tashlash buyurilgan. Kim ham xohlardi bunday holatga tushib qolganini internetga chiqib ketishini!?
Murabbiyning o‘rnida boshqasi bo‘lganda ham shunday ish qilgan bo‘lardi. Kamida siz ham. Har holda yaqinlarimiz qilmagan ishga pul to‘lamaydiku, to‘g‘rimi? Shu bois murabbiy quyish qonidan chiqib, jurnalistga keskin munosabatda bo‘ldi. Babayanning aybi bor. Uni shunday vaziyatga solishgani uchun o‘zini to‘xtata olmadi. Lekin o‘sha gap, onasidan ketib so‘kkan insondan keyin buning iloji bo‘lmay qolishi deyarli hammada kuzatiladi.
Bu erda jurnalistning ikkita yo‘li bor edi. Birinchisi, bu holatni qo‘ldan chiqarmay s’yomka qilish. Ikkinchisi, insoniylik faktoridan kelib chiqib, ko‘z yumish. U ham voqeani boshidan ko‘rmagani uchun balki bilmay telefoniga yozib olgandir. Yana kim biladi deysiz.
Qolaversa, mojaroning asl sababchisi muxlis va u o‘sha erda paydo bo‘lgani. Bunday o‘ziga xos o‘yinda raqib jamoa vakillarimning xavfsizligi yuqori darajada ta’minlanishi lozim. Uchrashuv komissari matbuot anjumaniga tashqariga chiqib kirilishini inobatga olishi kerak edi. Shunda bunday ishlar bo‘lmasdi. Murabbiy to‘g‘ri matbuot anjumaniga kirib ketayotgandi. Bu holatda komissarga ham ko‘p narsa bog‘liq. Faqatgina jurnalistning telefoni majburan o‘chirtirilgani va murabbiyning litsenziyasi olib qo‘yilgani bilan kifoyalanmasdan stadiondagi videoyozuv orqali muxlisning rasmiy hududga kirib kelishi, uni nazorat qilinmagani, bu holatda komissar qaerda ekanligi ham o‘rganilishi lozim. Yana qaytaraman, agar shu omillar bo‘lmaganida mojaro kelib chiqmasdi. Bu esa masalaning ikkinchi tomoni hisoblanadi!
Bekzod ISAEV
Fikrlar
Jurnalis imotsiyada turgan Babayanni syomka qilmasligi kerak edi. Bu erkakni ishi emas
Любой одам шунака булди деса ишониб кетавериш нотугримасми?!
Иложи борича узингиз шахсан курмаган ёки иштирок этмаган вазиятга изох берманг. Тахмин билдиринг, субъектив фикрингизни билдиринг...