Sanches Barselonaga kelmoqchi

  • 15.10.2019 19:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Inter" klubi forvardi Aleksis Sanches katta ehtimol bilan uzoq muddatga safdan chiqdi.

“Neradzurrilar” rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli chililik futbolchining to‘pig‘idan olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqqan. Endi u jarrohlik stoliga yotqizilishi ham mumkin. U davolanish uchun Barselonaga borishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Sanchesning sog‘ayishi uchun taxminan 2-3 oy talab etilishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!