
Sanches: "Biz PSJ dan o‘tib ketamiz"
“Marsel” hujumchisi Aleksis Sanches Liga 1ning joriy mavsumida chempionlik uchun kurash haqida gapirdi.
"Biz hozir PSJdan besh ochko orqadamiz. Bu bizga motivatsiya berishi kerak, chunki oramizdagi masofa hali etib olsa bo‘ladigan darajada yaqin. Biz chempionlik unvonini qo‘lga kiritishimizga ishonishimiz kerak. Shaxsan men muvaffaqiyatga erishamiz, deb ishonaman, - deya chililik futbolchining so‘zlarini keltiradi "RMC Sport" nashri.
Frantsiya chempionati yakunlanishiga 5 ta tur qoldi. "Marsel" 70 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. PSJga kelsak, 75 ochko bilan etakchi.
Fikrlar