Sancho MYuda qaysi raqamda o‘ynaydi?

  • 24.07.2021 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" Jeydon Sanchoni o‘z futbolchisi sifatida rasman ommaga tanishtirdi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi "Manchester Yunayted" da 25-raqam ostida o‘ynaydi, Edinson Kavani esa afsonaviy 7-raqamni o‘zida saqlab qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Sanchoning transferi "qizil iblislar"ga bonuslarsiz 85 million evroga tushdi.

Sancho MYu bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Ushbu kelishuv tomonlarning roziligi bilan yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!