Sanchoni sotib ololmagan MYu endi "Barselona" futbolchisini ko‘zlamoqda

  • 11.08.2020 18:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi "Borussiya" Dortmund vingeri Jeydon Sanchoning transferi barbod bo‘lgach, uning o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi.

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mankunianliklarning bu boradagi e’tibori "Barselona" vingeri Usmon Dembelega tushgan. MYu frantsiyalik futbolchining ijarasi borasida norasmiy muzokaralar o‘tkazgani ham aytilmoqda.

Kataloniyaliklar esa, Dembeleni 56 mln evroga baholamoqda. U mavsumning asosiy qismini doimgidek jarohatidan davolanish uchun sarfladi va bor yo‘g‘i 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!