Sane bilan bo‘lgan voqea Manega qanchaga tushdi?

  • 17.04.2023 01:01
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" Chempionlar ligasi chorak finalida "Manchester Siti"ga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mazkur uchrashuvdan keyin nemislar kiyinish xonasida Sane va Mane o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, senegallik hujumchi Leroyning yuziga bir musht tushirgan. 

Janjaldan so‘ng Mane aybdor deb topildi va klub tomonidan jarimaga tortildi. Endilikda 31 yoshli futbolchi qilgan ishi uchun 300 ming evro to‘lashi kerak. Bundan tashqari, "Bavariya" Sadioning transferini omadsiz, deb hisoblab, uni yozda boshqa klubga o‘tishini istamoqda.

Ma’lumot uchun, Mane mavsum boshida "Liverpul"dan 32 million evro evaziga Germaniyaga keldi. U jamoa tarkibida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 marta assist amalga oshirdi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!