Sanjar Erkinov Brave CF va "Oktagon" tashkil qiladigan turnirda jang qiladi.Raqib ma’lum!
30 sentyabr kuni Qozog‘istonning Almati shahrida mahalliy "Oktagon" hamda Bahraynning Brave CF promousheni hamkorlikda katta jang kechasi tashkil etadi.
Mazkur MMA oqshomida bir qator o‘zbekistonlik jangchilar ham oktagonga ko‘tariladi.
Jumladan, engil vazn (70,3 kg) toifasida mahoratli vakilimiz Sanjar Erkinov rossiyalik Anzor Abdulxodjaevga qarshi jang qiladi.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz professional faoliyati mobaynida 8 ta g‘alaba va 4 mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, Rossiya vakilining ko‘rsatkichi 12-2 ko‘rinish olgan.

Fikrlar