Sanjar Rahmonovning Floyd Meyvezer bilan hamkorligi davom etadimi?

  • 12 noyabr, 2020, 17:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ma’lumki, super engil vazn (63.5 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan, Sanjar Rahmonov (12-3-1,6 KO) afsonaviy Floyd Meyvezerga qarashli “TMT Promotions”ning mijozi sanaladi. Hozirda, u AQShda navbatdagi janglariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Uning faoliyatida yil oxiriga qadar qanday yangiliklar bo‘lishi kutilmoqda? Bu borada bokschimizning o‘zi saytimizga ma’lum qildi.

“Yil oxiriga qadar bitta jang o‘tkazishimiz aniq. TMT bilan shartnomalarimni yangiladik. Yil boshidan ushbu promouterlik kompaniyasi janglarimni tashkil qiladi. Yil yakunidagi jangim esa, menejerim tomonidan amalga oshiriladi. Hozircha, raqib va jang sanasi borasida aniq ma’lumot ayta olmayman”,-dedi Rahmonov

Eslatib o‘tamiz: Sanjar Rahmonov so‘nggi jangini joriy yil 28 fevralda Kit Xanterga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!