Sanjar Rixsiboev "Istiqlol"dan ketdi, faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirmoqchi

  • 21 fevral, 2021, 22:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikistonning eng kuchli va sovrindor jamoasi hisoblangan “Istiqlol” ham mavsumga tayyorgarligini reja asosida davom ettiryapti.

Tecno

Yaqinda xabar berib o‘tganimizdek, ushbu klub safiga hamyurtimiz Sanjar Rixsiboev taklif etilgandi. O‘tgan yili Tojikistonning boshqa bir klubi – “Xo‘jand”dagi o‘yinlari orqali “Istiqlol” murabbiylarida iliq taassurot qoldirgani sababli jalb etishgandi.

Bir necha kun davomida ushbu klubning mashg‘ulotlarida ishtirok etgan Rixsiboev faoliyatini “Istiqlol”da davom ettirishi mumkin edi. Chunki klub u bilan shartnoma imzolashga tayyor edi. Biroq Sanjar oilaviy sabablar tufayli ortga qaytishga majbur bo‘ldi. O‘zining aytishicha, keyingi faoliyatini endi o‘zimizning Superligada davom ettirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!