Sanjar Shoahmedov "Metallurg" bilan shartnoma tuzdi

  • 13.02.2026 16:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pro liga vakili - "Metallurg" klubi bugun transferlarini birin-ketin e'lon qilib boryapti. Suhrob Sultonov, Vladimir Bubanya va Mirzohid G‘ofurovdan keyin endi Sanjar Shoahmedov ham bekobodliklar bilan shartnoma imzolaganligi ma'lum qilindi.

Ma'lumot uchun, Shoahmedov 1990 yil 23 sentabr kuni Toshkentda tavallud topgan. Faoliyati davomida futbolchi OKMK, "Lokomotiv", "Al Sayliya" (Qatar), "Terrenganu" (Malayziya),   "Qizilqum", "Dinamo", "So‘g‘diyona" va "Xorazm" kabi klublarda to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, Sanjar Shoahmedov o‘tgan mavsum "Xorazm" klubi safida harakat qildi. Superliganing 14 ta va O‘zbekiston Kubogi doirasidagi 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan yarim himoyachi 4 ta assist muallifiga aylangan.

Sanjar Shoahmedov
Tug‘ilgan sanasi: 23.09.1990 
Tug‘ilgan joyi: Toshkent 
Bo‘yi: 1.73
Ampluasi: Yarim himoyachi
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!