Sardor Mirzaev: "Yoshlarga Tailandga borishni maslahat bermagan bo‘lardim"
Sardor Mirzaev "Lokomotiv" matbuot xizmatiga intervyu berdi.
"Nasaf" bilan o'yin haqida
O'yin yaxshi kechdi. Boshida kutilmaganda gol o'tkazib yubordik, shunga qaramay o'z kuchimizga ishongandik. Juda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik.
Bosh bilan urgan goli haqida
Bu golni uzoq kutdim. Anchadan beri to'p kiritishni o'ylab yurgandim. G'uzorda "Mash'al" darvozasiga ham gol urgandim, biroq hisobga olinmagandi. Jamoamizga foydam tegkanidan xursandman. Niyatim ko'proq gol urib "Lokomotiv"ga foyda keltirish.
Futbolda hamma gol muhim. Tanaffusga hisobni tenglashtirib chiqib ketganimiz yaxshi bo'ldi. Bosh bilan urgan gollarim sanoqli emas, juda ko'p urgamman.
G'alabani kimga bag'ishlagani haqida
- Jamoamizga bag'ishladim. Bizga uch ochko juda zarur edi. Turnir jadvalidа jamoalar zich joylashgan. Juda qiziq chempionat ketyapti. Holatimizni biroz bo'lsa-da yaxshilab oldik. Shu ruhda davom etishga harakat qilamiz.
Hozirgi sport formasi haqida
- Jarohat sabab uch hafta o'ynay olmаdim. Hozir o'zimni yaxshi his qilyapman.
Olti yildan keyin O'zbekiston chempionatida gol urgani haqida
- Ha, bu juda katta muddat. Orada to'rt yilni Tailandda o'tkazdim. Qaytganimdan keyin jarohat olib yana maydonga tusha olmаdim. Uzoq vaqtni davolanish bilan o'tkazdim.
Shuncha payt sabr qilgani haqida
- Hammasi uchun Xudoga shukur qilaman. Jarohat sabab chetda qolish og'ir. Ayniqsa bu yoshda oson kechmaydi. Ko'pchilik futbolni tugatib qo'yganini ham bilamiz. To'g'risi, menda ham shunaqa o'y bo'ldi. Tugatsammmi deb o'yladim. Lekin harakatdan to'xtamadim. Sabr qilib sog'ayishimni va maydonga qaytishni kutdim. Yonimda yaqin insonlar borligi dalda berdi.
Fursatdan foydalanib OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga, klub bosh direktori Bahodir Mirzaevga rahmat aytmoqchiman. Ular jarohatdan tiklanishim uchun ko'p yordam berishdi. Keyin jamoani tark etdim, Olmaliq jamoasiga o'zim xohlagandek yordam bera olmаdim. Balki kelajakda yana yo'llarimiz kesishar.
Ikkinchi yoshlikka qaytishi haqida
- (kuladi) Hammasi Xudodan. Kuchim yetguncha futbol o'ynamoqchiman. Kuchim yetmasligini sezsam faoliyatimni tugataman.
Tailand chempionati haqida
- Tailanddagi to'rt yil o'zim uchun yaxshi o'tdi. U yerda uch mavsum harakat qilib 30ta gol urdim, 25tacha golli pas berdim. Yaxshi taassurot qoldirdim deb o'ylayman, yo'qsa uzoq vaqt o'ynamagan bo'lardim.
Yoshlarga Tailandga borishni maslahat bermagan bo'lardim. Baribir Tailand chempionati saviyasi biznikidan past. Men 30 yoshdan keyin ketganim uchun buni normal holat deb o'ylagаnman. Lekin yoshlar bormasin deyman, faqat Evropani ko'zlash kerak.

Fikrlar