Sardor Muzaffarov Ekaterinburgda jang qiladi

  • 31.08.2019 11:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Iste’dodli professional bokschimiz Sardor Muzaffarov 7 sentyabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko‘tariladi. Unga mezbon Magomed Qurbonov raqiblik qiladi. Mazkur bokschi profi ringda to‘rt marotaba jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Hamyurtimiz uchun esa bu jang professional faoliyatidagi oltinchisi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz: Mazkur boks kechasida yana bir hamyurtimiz Ravshanbek Umurzaqov filippinlik  Roldan Aldeaga qarshi himoya jangini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!