
Sardor Rashidov Portugaliyadan ketadi...mi?
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Sardor Rashidov yanvar oyida Osiyo Kubogi musobaqasidan keyin Portugaliyaning «Nasonal» jamoasiga ko‘chib o‘tgandi va o‘shanda klub bilan bilan 2,5 yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkandi.
Biroq aksiga olib, Sardorning Portugaliyadagi faoliyati o‘zi kutganchalik muvaffaqiyatli chiqmadi. Natijada «Nasonal» pastki divizionga tushib ketdi. To‘g‘ri, hamyurtimizning ushbu klubdagi debyut uchrashuvi muvaffaqiyatli chiqib, bir o‘yinda uchta gol urishga erishgandi. Lekin shundan keyin Rashidov boshqa gol urmadi.
Qolaversa, u barcha uchrashuvlarda muntazam ravishda ishtirok etgani ham yo‘q. Buning esa o‘ziga yarasha sabablari bor, albatta. Gap shundaki, Sardor u erning iqlimiga moslasha olmadi. Shu bois Portugaliyada o‘zini yaxshi his qildi deb aytish mushkul.
Futbolchi ayni paytda Jizzaxda yakka tartibda shug‘ullanib turibdi. Tabiiyki, uning keyingi taqdiri qanday kechishi barchamizni qiziqtirmoqda. Bu masalada yaqinda o‘zi bilan gaplashganimizda tez orada yangi jamoasi nomi ma’lum bo‘lishi haqida aytdi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, u «Nasonal»ni tark etadi. Ayni chog‘da esa muzokaralar davom etmoqda. Faqat Sardor bilan qiziqayotgan klub avvalo «Nasonal» bilan kelishishi kerak. Boisi, futbolchimizning ushbu jamoa bilan yana ikki yillik shartnomasi bor. Shu bois Rashidovning transfer masalasi borasida «Nasonal» bilan kelishishga to‘g‘ri keladi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, Rashidovning keyingi jamoasi Portugaliyadan bo‘lmasligining ehtimoli yuqori. Unga Ozarbayjon, Gretsiya va arab mamlakatlarining klublaridan takliflar kelib tushmoqda. Lekin «Nasonal» klubi tomonidan futbolchimiz uchun belgilangan transfer summasini ko‘tara olgan jamoagina Rashidov bilan hamkorlik qilish mumkin. 29 iyunda «Nasonal»ning yangi mavsum uchun tayyorgarlik yig‘ini boshlanadi. Ungacha esa hamyurtimiz imkoni qadar yangi jamoasiga ega bo‘lishni istamoqda. Voqealar rivojini esa kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar
Шуям гапми?
Нима Антарктидага борумиди иқлим-сиқлим қилади?
Шунчаки бизнинг футболчиларнинг савияси паст.
Улар фақат савия жихатидан бизга тенг араб давлатлари булмаса Корея қуйи девизионига мос келади.