Sardor Rashidovni Krishtianu Ronaldu bilan nima bog‘lab turadi?

  • 26 sentabr, 2020, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Sardor Rashidov 2019 yili Portugaliya chempionatida “Nasonal” klubi sharafini himoya qilgan edi. Iste’dodli hujumchimiz bu jamoa tarkibida ettita uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini uch marotaba aniq nishonga olgan.

482335_680

Sardor Rashidovni Portugaliyaga taklif qilgan “Nasonal” klubi jahon futboliga Krishtianu Ronaldudek futbolchini kashf etib berganini ko‘pchilik bilmasa kerak. Chunki aksariyat muxlislar super hujumchini “Sporting” tarbiyalagan, degan fikrda yuradi.

Xususan, “Sporting” klubi ham yaqinda o‘z akademiyasiga Krishtianu Ronaldu nomini bergani aynan shu tushuncha bilan bog‘liq, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  

- Bundan buyon “Sporting” akademiyasi Portugaliyaning barcha zamonlardagi eng zo‘r o‘yinchisi, dunyoning eng yaxshi futbolchisi va besh karra oltin to‘p sohibi Krishtianu Ronaldu nomi bilan ataladi.

Krishtianu jamoamizga 1997 yili 12 yoshida kelib qo‘shilgan. 2002 yilning 14 avgust kuni 17 yoshida kattalar o‘rtasida debyutini nishonladi. Bu tarixiy voqea Milanda “Inter”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ro‘y berdi. Klub o‘zining buyuk futbolchi nomini abadiylashtirish orqali yosh iste’dod egalariga o‘zgacha ishtiyoq va ilhom taqdim etadi.

Qulay fursat bo‘lishi bilan biz yangi nomlangan akademiyaning rasmiy ochilish marosimini tashkil etamiz. Krishtianu Ronaldu akademiyasi “Sporting”ni butun dunyoga tanitadi, - deyiladi klubning rasmiy  bayonotida.

“Sporting”ning bu bayonoti “Nasonal”ning keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Bu klub rahbariyati “Sporting” prezidenti Frederiko Varandasga maktab yo‘llab, akademiyaga Ronalduning nomi berilishiga qarshiligi va noroziligini rasman bildirdi.

“Nasonal” rahbarlari o‘z noroziligini ushbu klub akademiyasi 13 yildan buyon Krishtianu Ronaldu nomi bilan atalashi va yana shu nomdagi boshqa akademiyaning paydo bo‘lishi turli tushunmovchiliklar keltirib chiqarishi bilan izohlamoqda. Qolaversa, tovarlar va xizmatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda ham ularning nomi bir xil va juda o‘xshash bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

“Nasonal” ham, “Sporting” ham o‘z akademiyasi mavqeini ko‘tarish, omma e’tiborini qozonish va kengroq tanilish uchun jahon futbolining haqiqiy yulduzi hisoblangan Krishtianu Ronalduning nomidan va mavqeidan foydalanishga harakat qilayotganini tushunsa bo‘ladi. Chunki har ikki klub ham futbolchini tarbiyalashda muayyan hissasini qo‘shgan.

Ma’lumki, Krishtianu “Nasonal” klubi joylashgan Madeyra orolining Funshal shahrida voyaga etgan. Ronaldu olti yoshligida otasi faoliyat yuritadigan “Andorinya” akademiyasiga qatnay boshlaydi. Qisqa muddat ichida Ronaldu Madeyraning ikki buyuk klubi – “Nasonal” va “Maritimu” e’tiboriga tushadi. Ronalduning otasi o‘g‘lining “Maritimu”da o‘ynashini istasa, cho‘qintirgan otasi uni o‘zi ishlaydigan “Nasonal”ga chorlaydi.

Ular Krishtianuning qaysi jamoaga o‘tishini har ikki klub vakillarining “Andorinya” klubi prezidenti bilan uchrashuvda hal qilishga kelishib oladilar. Biroq, belgilangan uchrashuvga “Maritimu” vakili kelmagach, Ronaldu “Nasonal”ga yo‘l oladi. Bu o‘ziga xos transfer uchun “Nasonal” klubi “Andorinya”ga o‘smir futbolchilar uchun ikki komplekt forma va 20 ta futbol to‘pini beradi.

4NN01mVLlJ8   

1995-1997 yillarda “Nasonal”da shug‘ullangan Ronalduni cho‘qintirgan otasi “Sporting” rahbariyati bilan kelishib, akademiyaga joylaydi. U yog‘iga esa, mohir hujumchi qanday ulkan yutuqlarga erishgani hammamizga ayon.

Cristiano-Ronaldo-v-detstve-02

Hamyurtimiz Sardor Rashidov esa, Krishtianu Ronaldudek futbol yulduzi tarbiyalagan jamoa – “Nasonal” sharafini himoya qilganini bir umr unutmasa kerak.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Насаф
24/09/2020 09:34
Хееееч бало боглаб турган йук. Роналдо танимайдиям сардорингни
Дилшод Даврлнов
24/09/2020 08:52
Yana shu gap SPORT uz Ahborot agentligi qaerga qaramoada shu ham sarlavhami undan kura Ikki klub Ranaldoning nomini uz akademiyasiga queish uchun davogorlik qilmoqda deb yoz Ahmoq Pulni obunachilarni aldab ishlaesanmi bu maqolangni ochib uqishga pul sarflanadi AHMOQ padaringa lanat
Dastan Uteuliev
24/09/2020 08:14
Куасынба