Sardor Rashidovni "Navbahor"ga kim taklif qildi? Uning Lushan bilan munosabati qanday? Futbolchi intervyuda hammasiga oydinlik kiritdi

  • 27 iyul, 2024, 10:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda “Navbahor” klubi Sardor Rashidovning transferini e’lon qildi. Bu Superligamizda yozgi selektsiya chog‘idagi eng top transferlaridan biriga aylandi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Tecno

Tajribali yarim himoyachi bungacha BAA chempionatida faoliyat olib borayotgandi. Ma’lum tanaffusdan so‘ng Rashidov yana chempionatimizga qaytdi. Albatta, uning qaytishi “Navbahor” orqali yuz bergani yanada qiziqarlidir.

Sports.uz jurnalisti Rashidov bilan bog‘landi va ayrim savollarga javob oldi.

- Sardorbek “Navbahor” klubiga o‘tish orqali ko‘pchilikni yoqimli ma’noda ajablantirdingiz. Siz uchun ham bu taklif kutilmaganda bo‘ldimi? Qanday qabul qildingiz? “Navbahor”dan aynan kim taklif bilan chiqdi?

- Ha, meni “Navbahor”ga kelishim bir tomondan yangi chaqiruv bo‘ldi. Bilasiz, bu klub har doim o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan va menga bu qiziq tuyuldi. Menga klub prezidenti Otabek aka Samatov va bosh murabbiy Sergey Lushan qo‘ng‘iroq qilishdi. Aytishim kerakki, menga bu taklif juda ma’qul keldi. Gapning dangali meni “Navbahor” muxlislariga qarzim bor edi (kuladi).

- Ma’lumki, yaqinda Sergey Lushan bosh murabbiy etib tayinlandi. U bilan “Bunyodkor”da ishlagansiz. Ammo o‘zaro munosabatlaringizga biroz sovuqchilik tushgandi. Endi hammasi ortda qoldimi? U bilan ilk ko‘rishganingizda nimalarni aytdi?

- Yo‘q, bu narsa o‘sha paytda yopilgan. Men o‘sha paytlari Lushanga qo‘ng‘iroq qilganman va undan uzr so‘raganman. Bu haqida muammo yo‘q.

- Ortga qaytishingizga sizga yana nima turtki berdi?

- Albatta, “Navbahor” muxlislari va jamoaning maqsadi menga ma’qul. Shu narsalar turtki bo‘ldi.

- “Navbahor”da qaysi raqamni tanladingiz?

- Xudo xohlasa, 11-raqamda o‘ynayman.

- “Dubay siti” klubidagi faoliyatingiz o‘zingiz istagandek kechdimi?

- Ha, albatta. “Dubay”da ancha o‘yin o‘tkazdim va gollar urdim. O‘zimga ishonchim yanada oshdi.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!