
"Sariq suv osti kemasi"ni cho‘ktirib bo‘lmayapti
Xabaringiz bor, "Real" La Liganing 28-turida Madridda "Vilyarreal"ga qarshi bahs olib bordi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Aytish kerakki, "qirollik klubi" 2021 yildan beri chempionat doirasida "sariq suv osti kemasi"ni mag‘lub eta olmayapti. O‘sha yilning may oyidan buyon “Real” “Vilyarreal”ga qarshi 4 ta bahs o‘tkazdi va ulardan 2 tasida mag‘lubiyat, 2 tasida durang qayd etdi.
Agar barcha turnirlarni hisobga oladigan bo‘lsak, poytaxtliklar so‘nggi besh o‘yinda faqat bir marta – joriy yil Ispaniya kubogi doirasida 3:2 hisobida zafar quchgan xolos.
Ma’lumot uchun, "Real" oxirgi marta o‘z maydonida "Vilyarreal"ga 2018 yilning 13 yanvarida mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar