
Sarri: Azar istagan pozitsiyada o‘ynay oladi
“Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri “Uotford”ga qarshi (2:1) kechgan APL 19-tur o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ushbu o‘yinda biz boshqa hisob bilan g‘alaba qozonishimiz mumkin edi, ammo so‘nggi 20-25 daqiqa davomida bir qator vaziyatlarni yo‘qqa chiqardik. O‘yin yakunida yigitlar ruhiy jihatdan ustun ekanini ko‘rsatishdi.
Azar haqiqatdan ham istalgan pozitsiyada o‘ynay oladi. Bugun u ikkita gol urdi va uchrashuvni bir nechta golli uzatmalar bilan yakunlashi ham mumkin edi. U sheriklari bilan yaxshi o‘ynay oladi. “Chelsi” imkon qadar kuchli to‘rtlikda qolishi kerak. Bu mavsumdagi vazifamiz – EChLga yo‘llanma olish va etakchilardan uzoqlashib ketmaslik”, – dedi Sarri.
Fikrlar