Sarrini eski ish joyida kutishmoqda

  • 26 fevral, 2021, 16:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mauritsio Sarri yangi mavsumda "Napoli" boshqaruviga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda Tuttosport.

Tecno

Nashrga ko‘ra, neapolliklar rahbariyati jamoa ustozi Jennaro Gattuzoni mavsum so‘nggida iste’foga chiqarib, uning o‘rniga 62 yoshli mutaxassisni olib kelmoqchi.

Sarri 2015-18 yillar mobaynida "Napoli"ni boshqarganidan so‘ng, "Chelsi"ga yo‘l oldi va jamoa bilan Evropa Ligasini qo‘lga kiritdi. Keyingi mavsumni "Yuventus"da o‘tkazib, skudettoga ega chiqqan mutaxassis 2020 yil yozidan buyon erkin agent maqomida turibdi.

Joriy mavsumda "Napoli" Italiya chempionati 23 turidan so‘ng, 40 ochko bilan ettinchi pog‘onani band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!