Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Ertaga Kubokni yutib, 2 yildan keyin Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni istaymiz!"

  • 18 iyun, 2022, 12:46
  • Javokhir Azimov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

19 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida U-23 Osiyo Kubogi final bahsi o‘tkaziladi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi. Bugun uchrashuv oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda mehmonlar ustozi Saad al-Shahri va futbolchi Husain Alissa ishtirok etishdi.

"Biz ertaga kubokni yutib, 2 yildan keyin Olimriya yo‘llanmasi qo‘lga kiritishni istaymiz. Biz uchun har bir bahs muhim. Maqsadimiz chempionlik. Ammo Parij yo‘llanmasini ham muhim. Shuning uchun tarkibimizda 10 ga yaqin yosh futbolchi bor.

O‘zbekiston yaxshi jamoa, biz bir-birimizni yaxshi taniymiz. Ertaga taktik jihatdan yaxshi harakat qilib, o‘yindan rohat olishni istaymiz. 

Har ikki jamoa hujum va himoyada birdek yaxshi harakat qiladi. Shu sababdan ertaga nima bo‘lishini taxmin qilish mushkul. Shu paytgacha birorta gol o‘tkazib yubormadik. Ertaga ham darvozamiz daxlsizligini saqlab qolishga harakat qilamiz. 

Xudo xohlasa, barcha ehtimoliy holatga tayyorgarlik ko‘rib, yakunda zafar quchishni istaymiz. Biz bu erga butun xalqimizni xursand qilish uchun kelganmiz. Ertaga ko‘proq yugurib, yaxshiroq jang qilishga harakat qilamiz.

Bu jamoa avvalgilaridan farq qiladi. Ular bilan anchadan beri birgamiz. Shuningdek, raqib bilan ham avval bir necha marta to‘qnash kelganman. Ularni yaxshi bilaman, deyishim mumkin."

Husain Alissa

"Saudiya chempionatida biz raqib jamoa muxlislari bosimiga ko‘p duch kelamiz. Menimcha bu ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gulomqodir Askhanov
18/06/2022 12:56
Япония га ухшаб голларни утказиб юборганларингда тамоша киламиз
Donyor ake Husanov
18/06/2022 13:10
Tigri aytyapsiz
Анвар Жовлиев
18/06/2022 15:22
Эртага ютишса олимпияда юлланмасини хам олишадими