Saudiya Arabistonidagi UFC turniriga yana bir ajoyib jang qo‘shildi

  • 23 dekabr, 2024, 14:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, 1 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida "UFC Fight Night 250" turniri bo‘lib o‘tadi.

Ushbu musobaqa yana bir ajoyib jang bilan boyidi. Aniqrog‘i, asosiy kardda og‘ir vazn toifasidagi ikki MMA ustasi - Sergey Pavlovich va Jairzino Rozenstrayka o‘zaro oktagonga ko‘tariladi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, ayni paytda UFC ning og‘ir vazn toifasi reytingida Pavlovich to‘rtinchi, Rozenstrayka esa to‘qqizinchi o‘rinni band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!