
Saudiya chempionati. Bugun Masharipov jamoasi o‘ynaydi
Bugun Saudiya Arabistoni chempionati 27-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar boshlanadi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi tur bahsini mehmonda o‘tkazadi. Riyodliklarga "Al-Raed" jamoasi raqiblik qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:50 da start olishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘yin oldidan Masharipov jamoasi 51 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda.
Fikrlar