
Saudiya chempionati. Masharipov bugun Banega va Igalo kabi yulduzlarga qarshi o‘ynaydi
Bugun Saudiya Arabistoni chempionatida 11-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi safarda yulduzli tarkibga ega "Al-Shabab" mehmoni bo‘ladi. Mezbonlar safida Igalo, Banega Karvalo kabi futbolchilar o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:50da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, 10-turdan so‘ng ikkita o‘yin kam o‘tkazgan "Al-Nassr" 13 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda, 4-o‘rindagi "Al-Shabab" hisobida esa 18 ochko mavjud.
Masharipov jarohati sababil avvalgi o‘yinni o‘tkazib yuborgan. Yarim himoyachimiz bugungi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.
Fikrlar