Saudiyaliklar yana o‘ndan ziyod yulduzni nishonga oldi. Ro‘yxatda Mbappe va Xoland ham bor!

  • 28 dekabr, 2023, 17:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni klublari Evropaning eng zo‘r futbolchilarini o‘z ligasiga jalb etish harakatlarini davom ettirmoqda.

Nufuzli manbalardan biri –  footmercato.net sayti saudiyaliklar e’tibor qaratayotgan transferlar ro‘yxatiga oydinlik kiritdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shayxlar PSJ bilan shartnomasi yakunlanayotgan Kilian Mbappe va “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandga ham ko‘z tikmoqda.

Bundan tashqari, ligaga taklif etiladiganlar orasida Muhammad Saloh, Aleksis Sanches, Jeydon Sancho, Kazemiro,  Rafael Varan, Ugo Loris, Luka Modrich, Tyago Alkantara, Tomas Parti kabi yulduzlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!