
Saul Alvares: "Floyd Meyvezerdan qasos olaman"
WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha super o‘rta vazn toifasidagi meksikalik chempion Saul Alvares 48 yoshli bokschi Floyd Meyvezer bilan revansh o‘tkazish istagi borligini aytdi.
"Ha, albatta, Meyvezer bilan yana jang qilishni istardim, undan o‘ch olsam, xursand bo‘laman. Bir kun albatta qasos olaman. Garchi ikkimiz ham bu bahsni tashkil etish imkonsizligini bilsakda, baribir jang qilishni xohlayveramiz" - deya meksikalikning so‘zlarini keltirdi "SecondsOut".
Eslatib o‘tamiz, Alvares va Meyvezer o‘rtasidagi qarama-qarshilik 2013 yilning 14 sentyabrida bo‘lib o‘tgan va unda Floyd hakamlarning qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi.
Fikrlar