Saul Alvares hamda Avni Yildirim jangi uch raund davom etdi
Bir necha daqiqalar avval, ikkinchi o‘rta vazn (76,2 kg) toifasida WBC hamda WBA Super chempioni, “Pound for Pound” etakchisi Saul “Kanelo” Alvares (54-1-2, 36 KO) turkiyalik da’vogar Avni Yildirimga (21-2, 12 KO) qarshi himoya jangida ringga ko‘tarildi.
Ushbu jang AQShning Mayami shahrida joylashgan “Hard rock stadium” arenasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur to‘qnashuv bor yo‘g‘i uch raund davom etdi. Dastlabki daqiqalardanoq, meksikalik bokschi turkiyalik raqibidan ancha ustun ekanligi oydinlashdi. Uchinchi raundda Avni nokdaunga uchradi va kuchli zarbalarni o‘tkazib yubordi. Aynan ushbu raundni zo‘rga o‘z yakuniga etkazib olgan Yildirim, to‘rtinchi raundga chiqishdan bosh tortdi. Shu tariqa, meksikalik charmqo‘lqop ustasi o‘z titullarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Endi, uning raqibi ushbu vazn toifasida WBO chempioni Billi Jo Sonders bo‘ladi.
Fikrlar