Saul Alvares navbatdagi jangini o‘tkazadi. Jang sanasi va raqib ma’lum bo‘ldi

  • 21 yanvar, 2021, 19:41
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super-o‘rta vazn toifasida (76kg) WBC va WBA yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni meksikalik Saul Alvares o‘zining navbatdagi jangini 27 fevralda WBC yo‘nalishida majburiy da’vogar turkiyalik Avni Yildirimga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Jang kechasi "Matchroom" kompaniyasi tomonidan tashkil etilib, DAZN platformasida translyatsiya qilinadi. Manzil sifatida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Mayami shahridagi "Hard Rock Stadium" majmuasi nazarda tutilgan.

Saul Alvares 2020 yilning 19 dekabrida Kallum Smitni ochkolar hisobida mag‘lub etib, ushbu vazn toifasida WBC va WBA kamarlarini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!