Saul Alvares va Kallum Smit jangiga yana bir jahon chempionlik kamari tikildi

  • 12.12.2020 11:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super o‘rta vazn toifasida (76 kg) WBA Super va "The Ring" kamarlari sohibi britaniyalik Kallum Smit o‘zining navbatdagi jangini 19 dekabr kuni Saul Alvaresga qarshi o‘tkazishi haqida habar bergan edik.

Tecno

Butunjahon Boks Kengashi - WBC ushbu jangga hozirda vakant bo‘lib turgan WBC jahon chempionlik kamari ham qo‘yilishini ma’lum qildi. Jang g‘olibi 90 kun ichida ushbu titulni majburiy da’vogar Avni Yildirimga qarshi himoya qilishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, super o‘rta vazn toifasida WBC jahon chempionlik kamari David Benavides o‘z jangi oldidan vazn me’yorini bajara olmagani uchun vakant qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!