Saul "Kanelo" Alvares jangi auktsionga qo‘yildi

  • 10.09.2020 23:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Super o‘rta vaznda vakant qolgan WBC kamari uchun Saul Alvares va da’vogar Avni Yildirim jangiga buyruq berilgani haqida xabar bergan edik. “Sky Sports” nashri xabar berishicha, ushbu jangni tashkil qilish huquqiga egalik qilish borasida tomonlar 21 sentyabr kuni auktsionda kurashadigan bo‘ldilar.

Yildirimning promouteri Ahmed Onerni ta’kidlashiga ko‘ra, ular El Xeymonga qarashli PBC promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik va bo‘lajak auktsionda katta miqdorda mablag‘ taklif qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Saul Alvares esa, “Golden Boy” promouterlik kompaniyasi va DAZN kanali bilan shartnoma imzolagan bo‘lib, DAZN ushbu jangni tasdiqlamasligi aytib o‘tilgan. Avvalroq, Saul Alvares “Golden Boy” va DAZN ustidan shikoyat qilgani haqida ham ma’lumotlar tarqalgan edi. Yakun qanday ko‘rinish olishini tez orada bilib olamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!