"Sautgempton" kambek evaziga "Tottenxem"ni taslim etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APL 24-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Sautgempton" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Mezbonlar safida Bednarek (18-daqiqa, avtogol) va Son gol muallifiga aylandi. "Avliyolar" safida Broya (23-daqiqa), Elyunussi (79-daqiqa) hamda Adams (82-daqiqa) gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, "Sautgempton" ochkolari sonini 28taga etkazib oldi va turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

"Tottenxem" hisobida 37 ochko mavjud bo‘lib, "shporlar" jadvalning 6-pog‘onasidan o‘rin egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!