
Sautgeyt: Runining Angliya terma jamoasidagi faoliyati tugagani yo‘q
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Manchester Yunayted" forvardi Ueyn Runi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Men hali Runini hisobdan chiqarmadim. Nega endi o‘tgan ishni qo‘zg‘ash kerak, unda hali terma jamoada o‘ynash imkoniyati bor. Uning terma jamoadagi faoliyati hali tugamadi.
To‘qqizta odam jarohati sabab terma jamoaga jalb etilmadi. Runi, Keyn va Rouz kabi etakchi futbolchilar shular jumlasidandir. Boshqa vaziyatda ular terma jamoaga albatta chaqirilishlarini bilishadi”, - deydi Sautgeyt Goal nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar