Saviyam PSJga to‘g‘ri kelmay qoldi

  • 09.01.2023 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Elche” jamoasining yangi o‘yinchisi – argentinalik mashhur futbolchi Xaver Pastore bundan bir necha yil oldin PSJdan nega ketganini aytib berdi.

- O‘shanda PSJ men bilan xayrlashishni istamagandi. Menga besh yillik shartnoma taklif qilishgan. Lekin men rad javobini berdim. Chunki saviyam klub darajasiga to‘g‘ri kelmay qolgandi.

Klub rahbariyatidan meni qo‘yib yuborishlarini so‘radim. Chunki bizga qo‘yilayotgan talablar yuqori edi va menga og‘irlik qilardi. Ular meni to‘g‘ri tushunishdi, - dedi Xaver Pastore.

33 yoshli futbolchi 2011-2018 yillar davomida PSJ sharafini himoya qilganidan keyin “Roma”ga o‘tgan edi. Joze Mourino Rimga kelgach, Pastore bu jamoani ham tark etdi va futboldan tashqarida yurdi.

2023 yilning 6 yanvaridan Pastoreni “Elche” o‘z safiga qo‘shib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!