
Sayborg UFC ga qaytishga tayyormi?
Bellator chempioni Kris Sayborg UFC ga qaytishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu so‘zlarni MMA bo‘yicha eng kuchli liganing sobiq chempioni Kris(27-2-1 N/C) Amanda Nunes(23-5) faoliyatini davom ettirishini istisno qilmaganidan keyin aytdi.
“2018 yildagi o‘sha jangdan beri mening rekordim 10:0. Agar Amanda qaytsa, Kris Sayborgning ham UFC ga qaytish vaqti kelgandir”, – dedi Kris.
Eslatib o‘tamiz, birinchi qarama-qarshilikda Nunis jangning 51 soniyasida Sayborgni nokautga uchratgan edi.
Fikrlar