Saylov arafasida Superliganing uch uchrashuvi namoyish etilmaydi

  • 23 oktabr, 2021, 14:04
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 23-turidan joy olgan uch uchrashuv saylov arafasida namoyish etilmaydi.

Tecno

Rejaga ko‘ra, 23-oktyabr kuni “Qo‘qon-1912” — “Lokomotiv”, 24-oktyabr kuni “So‘g‘diyona” — “Paxtakor” va 25-oktyabr sanasida “Andijon” — “Nasaf” uchrashuvlari jonli efirga olib chiqilishi kerak edi. Biroq O‘zbekiston Prezidentligi uchun saylov arafasida MTRK texnikalari haftaning asosiy voqeligiga jalb etilgan.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi barcha yurtdoshlarimizni saylov jarayonlarida faol bo‘lishga va huquqlaridan foydalanib, erkin ovoz berishda ishtirok etishga chaqiradi. Yuqoridagi uch uchrashuv "MyCoojo" platformasi orqali jonli ko‘rsatiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
23/10/2021 15:13
Saylov 24 chiga. bulsa nimaga. 25 chiga olib bersa buladiki. u etmaganday VAR HAM yuq. qanaqa chempionat. hech bulmasa VAR bulsa ham mayli edi. odam zot ongli ravishka uylap kursa. Andijon Nasaf uyinni uta muhim chunki Andijon oliy legaga jon saqlap qolish uchun uynasa. Nasaf 2 urun uchun. uynaydi. masalan Sugdiyona Pahtakor uyinniga faqat Sugdiyonaga achko kerak. chunki. OCHL uynash 7 7 uchun ham. 2 urunga harakat qiladi.