
“SBS Cup”. O‘zbekiston U-19 terma jamoasi musobaqa g‘olibi!
“SBS Cup” halqaro turniri doirasida O‘zbekiston U-19 terma jamoamiz Yaponiyaga qarshi bahs olib bordi. Ushbu o‘yin asosiy vaqti 1:1 hisobida yakuniga etdi. Penaltilar seriyasida vakillarimiz 5:4 hisobida raqibdan ustun keldi.
Hamyurtlarimiz safida yagona golga Rian Islamov mualliflik qildi. U 59-daqiqada muvozanatni tiklab, o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Shizuoka", Urugvay va Yaponiya kabi raqiblarini enggan yoshlarimiz halqaro turnir g‘olibiga aylandi!
Fikrlar