
Sekeyra "Lokomotiv"ning g‘alabasi haqida qanday fikrda?
“Lokomotiv” bu turda o‘z maydonida Termizning “Surxon” klubini qabul qildi. Raqibidan ustunlik qilgan mezbonlar javobsiz ikkita gol urgan holda g‘alaba qozondi.
O‘yindan so‘ng, “Lokomotiv” bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Birinchi bo‘limda juda ham zo‘r o‘yin namoyish qildik, faqatgina gol etishmadi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 20 daqiqasida ham zo‘r o‘yin ko‘rsatdik. Adolatli g‘alabaga erishdik, deb hisoblayman. Yigitlar g‘alaba uchun qattiq harakat qilishdi. Bu g‘alaba jamoada ishlayotgan barchaniki.
Futbolchilar ko‘p narsalarni o‘rganishdi. Hali ular o‘sish jarayonida. Ha, boshida qiynaldik. Mashg‘ulotlarda futbolchilarning o‘yin davomida vaziyatlarga qarab qaysi pozitsiyalarda o‘ynashi uqtirib boriladi. Bu narsa o‘z samarasini bermoqda.
Fikrlar