
Sekeyra "Lokomotiv"ning g‘alabasiga qanday izoh berdi?
“Lokomotiv” klubi Superliganing 16-turida “Turon” klubini qabul qilib 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o‘yin haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Chiroyli o‘yin bo‘ldi. Ikki tomon ham ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.
“Turon” tarkibida yuqori saviyali futbolchilar bor. Garchi ular pastki pog‘onani egallab turgan bo‘lsa-da, yuqoriga ko‘tarilish uchun imkoniyatlar etarlicha.
Futbolchilarimdan minnatdorman. Ular raqibni hurmat qilgan holda maydonda jang olib borishdi. “Lokomotiv”ni uch ochko bilan tabriklayman, - dedi Sekeyra.
Fikrlar