
Sen bo‘lmasang, boshqasi
“Chelsi” klubi anchadan beri chap qanot himoyachisiga ehtiyoj sezmoqda. “Lester” futbolchisi Ben Chiluell londonliklar uchun yaxshi tanlov bo‘lishi kutilayotgan edi. Ammo ular Ben uchun so‘ralayotgan 80 mln evroni to‘lashga qiynalyapti.
Endi “aristokratlar” oldida yana bir foydali variant paydo bo‘ldi. “Ayaks” himoyachisi Nikolas Talyafiko faoliyatini Londonda davom ettirishi mumkin. O‘z navbatida, uning narxi “tulkilar” a’zosinikidan ancha arzon. Amsterdamliklar o‘z futbolchisini 35 mln evroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Shuningdek, “ko‘klar” yana bir qator transferlar amalga oshirmoqchi. Buning uchun ularga ortiqcha harajat kerak emasligi tabiiy.
Fikrlar