Sen Maradona ham, Keyn ham emassan! Nafsингni tiy!

  • 14.05.2026 17:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliga chempioni “Bavariya” jamoasi oʻng qanot himoyachisi Konrad Laymer superklubning faxriy prezidenti Uli Hyonessning yaqinidagi bayonotini maʼqullamadi.

Myunxen grandi rahbariyati aʼzosi hisoblangan Hyoness avstriyalik futbolchini maosh masalasida “Sen Maradona ham, Keyn ham emassan! Nafsini tiy!” qabilidagi gaplar bilan “ishtahasini pasaytirishga” ochiqcha chaqirgan edi.

Bayern & Germany  nashri maʼlumotlariga koʻra, Laymerga bu bayonot yoqmagan. Uning Uli Hyoness soʻzlaridan jahli chiqqan.

Klubdagi manbalarga koʻra, Laymerning yangi shartnoma boʻyicha muzokaralari hali ham toʻxtab turibdi va vaziyat yaqin orada hal boʻlishi dargumon.

28 yoshli futbolchining “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil oʻrtasigacha moʻljallangan. Joriy mavsumda futbolchi jamoa safida 45 ta oʻyin oʻtkazib, uchta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!