
Sen-Per:"Endi Xabib Fergyusonga qarshi jang qilishi kerak"
UFCning ikki dvizion sobiq chempioni Jorj Sen-Per Xabib bilan jang borasidagi mish-mishlarga o‘z fikrini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Xabib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi jang qilishi kerak.
"Xabib Fergyuson bilan 100% jang o‘tkazishga majbur. Bu ajoyib jang bo‘ladi.
Men ushbu jang ishqiboziman. Kim yutishini bilmayman. Toni tizzalar va tirsaklar bilan iflos jang o‘tkazadi. Bu - uning uslubi. Xabib, parterda jang olib borishni yaxshi ko‘radigan yigit. U ushbu holatda o‘zini har tomonlama ko‘rsata oladi. Har ikkisi o‘rtasida taktik kurash kechadi, shuning uchun aniq taxminni aytish qiyin ”, - dedi Sen-Per.
Fikrlar