Sergeev jamoasi turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi
Qozog‘iston chempionati 20-turi doirasidagi "Tobol" - "Kaspiy" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
O‘yinning 15-daqiqasida Sergey Maliy jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Ramazon Karimov tarozi pallalarini tenglashtirdi. Amanovich 77-daqiqada urgan goli bilan jamoasiga g‘alaba keltirdi. Igor Sergeev 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Ushbu g‘alaba natijasida "Tobol" ochkolari sonini 45 taga etkazib olgan holda, peshqadamga aylandi. "Kaspiy" 24 ochko bilan 8-pog‘onada joylashgan.

Fikrlar