Sergeev to‘purarlar jadvalida yana peshqadamlikni qo‘lga oldi!

  • 30 sentabr, 00:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Superliganing 23-turi ham yakunlanmoqda. Bugun bo‘lib o‘tadigan 2 uchrashuv orqali tur o‘z nihoyasiga etadi. Ushbu bellashuvlar oldindan "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev 14 ta gol bilan to‘purarlar jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

Tecno

Sergeev bugun bo‘lib o‘tgan "Surxon"ga qarshi uchrashuvning 90+1-daqiqasida gol urib to‘purarlar jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Undan keyingi o‘rinni 13 ta gol bilan "So‘g‘diyona" futbolchisi Lyupcho Doriev egallab turibdi. Jadvalning uchinchi pog‘onasini esa "Nasaf" hujumchisi Husayn Norchaev 12 ta gol bilan band qilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Superliganing bu yilgi mavsumi yakunlanishiga 7 ta tur qoldi. Turnir jadvalida Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" klubi 52 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onani 45 ochko bilan Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi egallab turgan bo‘lsa, "Paxtakor" 43 ochko jamg‘argan xolda, uchinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!