
Sergeev yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha "Paxtakor"da iz qoldirgan
"So‘g‘diyona" bilan uchrashuvdan avval o‘zaro o‘yinlarda o‘zini eng ko‘p ko‘rsatgan futbolchilar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Jizzaxliklarga qarshi bellashuvlarda Igor Sergeev eng ko‘p marta to‘p kiritishga erishgan. U hozirga qadar 12 marta "So‘g‘diyona" darvozasini ishg‘ol qilgan. Anvar Soliev esa Igordan bitta kam gol urgan. Soliev hisobida 11 ta gol bor. Dilmurod Nazarov o‘z vaqtida ushbu jamoa darvozasiga 6 bor to‘p kiritishni uddalagan. Sobir Xodiev, Zayniddin Tojiev va Azamat Abduraimov 5 martadan ushbu jamoa bilan to‘qnashuvlarda darvozani ishg‘ol etgan.
Jizzaxliklardan Furqat Esonboev 4 marta, Samad Narziqulov 3 bor "Paxtakor" darvozasiga to‘p kiritgan.
O‘zaro o‘yinlar to‘purarlari
12 - Igor Sergeev
11 - Anvar Soliev
6 - Dilmurod Nazarov
5 - Sobir Xodiev, Zayniddin Tojiev, Azamat Abduraimov.
"Paxtakor" matbuot xizmati.
Fikrlar