
Sergey Lushchan: Ertangi o‘yin uchun o‘z rejalarimiz bor
Xabaringiz bor, ertaga OChL-2017 guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Unda Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘z maydonida “Zob Ahan” bilan kuch sinashadi.
Bugun mazkur bellashuv oldidan har ikki klub bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda "qaldirg‘ochlar" ustozi Sergey Lushchan va yarim himoyachi Nurullo To‘xtasinov jurnalistlar savollariga javob berdi.
- Ertaga g‘alaba qozonishimiz shart. Buning uchun harakat qilamiz. Biz yoshlarga ishonishimiz kerak. Ular o‘zbek futbolining kelajagi. Mana oldimda o‘tirgan Nurullo To‘xtasinovni olaylik. Uni futbolchi bo‘ladi deb kim o‘ylabdi? Mana hozir u OChLda to‘p tepmoqda. Buning uchun hamma harakat qilishi kerak.
Nurullo To‘xtasinov: Jaoma ertaga g‘alaba uchun maydonga tushadi. Buning uchun jamoa tayyor.
Dilshod Ahmadalievning ahvoli qanday?
- U oldingi o‘yinda jarohat olganidan xabaringiz bor, U hozir davolanish bilan band. Dilshod reja asosida davolanmoqda. Shuni aytishim mumkinki, Ahmadaliev ayni patda yugurish mashqlarini olib bormoqda. U hatto 2 kundan so‘ng oyog‘idagi jarohatiga qaramay gipsni olib tashladi va engil mashqlarni bajarmoqda.
Akram Komilovni kartochkasi bor. U bo‘lajak o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Eldor Shomurodovda biroz charchoq alomatlari bor. Qolaversa, u terma jamoa oldida turgan muhim o‘yin uchun jalb qilingan. Endi ertaga nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.
Jamoaning ruhiy holatini nia uchun hisobga olmayapsizlar? Ertangi o‘yinga bu borada hulosalar chiqarildimi?
- Oldingi raqibimiz juda ham ustasi farang. Ularning har bir o‘yinida mana shunday holatlar kuzatiladi. Deyarli barcha uchrashuvda penalti ishlab olishadi. Oldingi matbuot anjumanlarida ham Akram Komilovning ishini muhokama qildik. Ammo...
Ertangi o‘yin oldidan jamoadagi muhit qanday? Chunki
Nurullo To‘xtasinov: Jamoaning ichki muhiti yaxshi. Shuning uchun ertangi bahsda g‘alaba qozonmoqchimiz. Biz ertangi raqibdan qo‘rqmaymiz.
Ertangi o‘yin uchun B rejasi ham ishlab chiqilganmi?
Albatta, bizda boshqa rejalar ham bor. Ko‘ramiz, ertaga nima bo‘lishini. Lekin hozir o‘yin oldidan nimalarni reja qilganimni ayta olmayman.
Raqib tarkibidagi 3 kuchli futbolchini ayta olasizmi?
9-10-30-raqamdagi futbolchilar kuchli. Ular o‘yinga o‘z ta’sirlarini ko‘rsata olishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” – “Zob Ahan” uchrashuvi ertaga 18:00da boshlanadi.
Fikrlar